5 noyabr kuni «Kun.uz» sayti tahririyatiga «Şörtanneftgaz» MÇJning qöriqlaş xizmati xodimlarining ommaviy ravişda işdan ozod etilgani haqida murojaat kelib tuşdi. Murojaatda aytilişiça, «Şörtanneftgaz» MÇJ «Tezkor» qöriqlaş tarmoğining 324 nafar xodimi favqulodda işdan böşatib yuborilgan.
Ma'lum bölişiça, yuzlab xodimlar «Özbekneftgaz» aksiyadorlik kompaniyasi rahbariyati qabuliga kiriş uçun Qaşqadaryo viloyatidan Toşkent şahriga kelgan. Şundan söng, alamzada xodimlarga bu iş belgilangan tartib-taomil böyiça hal qilinişi kerakligi bildirilgan va ular bilan uçraşuv ötkazilgan.
Youtube'da köriş
Mover'da köriş (tas-ix)
Darhaqiqat, kompaniya boş ofisi joylaşgan bino oldida tumonat odam töplangan ekan. Yiğilganlarning yagona maqsadi – yuzaga kelgan tuşunmovçiliklarga oydinlik kiritib oliş edi.
«1 noyabr kuni bizga tösatdan barça xodimlar işdan böşatildi, deb aytib qolişdi. 324 nafar xodim ommaviy ravişda işdan olingandi. Keyin rahbariyatga uçraşuv ötkaziş uçun murojaat bilan çiqdik. Rahbarimizni topib bölmadi. Rejim rahbarlari ham telefonni kötarişmadi. Ogohlantiriş xati berilmaganini aytib, e'tiroz bildirdik. Qaşqadaryo viloyat hokimligiga ham bordik. Arzimizni eşitişib, rahbarimiz bilan uçraşuv taşkillaştirib berişdi. Hamma öz şaroitini tuşuntirdi.
Biroq rahbar parvo ham qilmadi va bu tepadan kelgan buyruq ekanligini aytdi. Hamma stress holatida qolgandi. Avval ham, aprel oyida şunday holat sodir bölgandi. Prezidentning virtual qabulxonasiga şikoyat yöllaganimizdan söng majlis ötkazilib, işdan böşatiş töğrisidagi buyruq bekor qilingan edi. Şu orada vaziyat biroz yaxşilangandek böldi, biz ham öz taşabbuskorligimizni körsatdik, jon-jahdimiz bilan işladik, kondensat öğrilarini ham uşlab berdik. Lekin rahbariyatimizga qilgan işlarimiz körinmayapti. 1 noyabr kuni şunday kelişdi-da, işdan böşadinglar deyişdi. Hozir qayerga borişni bilmay boşim qotgan, uç nafar farzandim bor, kredit tölaşim kerak», deydi qiyin ahvolda qolgan xodimlardan biri Kamol Tangirov.




















