Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Eronga qarshi 40 yil avval kiritilgan sanksiyalar amal qilish muddatini uzaytirdi
Foto: AP Photo / Alex Brandon
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi 40 yil avval kiritilgan sanksiyalar amal qilish muddatini navbatdagi marta uzaytirdi. Bu haqda Trampning kongressga maktubida aytilgan.
Tramp o‘z qarorini Eron bilan munosabatlar hali normallashmagani, “1981 yil 19 yanvardagi ikki tomonlama kelishuvlar hamon bajarilish bosqichida ekanligi” bilan izohlagan. Gap Eron va AQSh o‘rtasidagi Jazoir kelishuvlari haqida bormoqda.
Tramp 1979 yilda AQShning Tehrondagi elchixonasi eronlik talabalar tomonidan bosib olingandan keyin prezident Jimmi Karter tomonidan qabul qilingan farmonning amal qilish muddatini uzaytirdi.
O‘shanda Karter AQShdan Eronga deyarli barcha turdagi tovarlar, jumladan oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar eksportini taqiqlab qo‘ygan. So‘ngra Erondan AQShga tovarlar importi va amerikaliklarning Eronga borishi taqiqlangan. Keyinchalik AQShning qolgan prezidentlari sanksiyalarni faqatgina qat'iylashtirib borishgan.
Ushbu farmon AQSh hukumatiga Eronga qarshi sanksiyalar kiritish va boshqa choralar qo‘llash imkonini beradi.
Mavzuga oid
11:29
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi ro‘y berdi
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:24 / 07.05.2026
Epshteynning o‘limidan oldingi ehtimoliy xati surati e’lon qilindi
23:45 / 06.05.2026