Ijtimoiy tarmoqda Namanganda röy bergan piçoqbozlik videosi tarqalgandi.
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi «Kun.uz»ga ma'lum qilişiça, hodisa Namangan şahri «Gözal» massividagi «Sihatgoh» mahallasida sodir bölgan.
Ma'lum bölişiça, 27 oktabr kuni «Barlos» kafesida mojaro çiqqan. Mojaro joyiga kelgan 24 yoşli yigit, N.K. mojaro iştirokçilaridan biri bölgan J.S.ning yurak sohasiga piçoq bilan zarba bergan va u oğir jarohat tufayli vafot etgan.
Youtube'da köriş
Facebook'da köriş
Ayni vaqtda mazkur holat buyiça Namangan şahar prokuraturasi tomonidan N.K.ga nisbatan JKning 97-moddasi (Qasddan qotillik) bilan jinoyat işi qözğatilib, viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Kun.uz»ning Namangandagi manbasi ma'lum qilişiça, qotil mahalliy «razborşçik» hisoblanadi. Uning qurboni esa Namangan şahridagi «Oromgoh» massivida yaşagan, 21 yoşda bölgan.

















