Jahon | 10:00 / 10.11.2018
20308
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada osmon qizil tusga kirdi

Foto: YouTube / ViralHog

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida ulkan chang bo‘roni tufayli osmon qizil tusga kirdi. Internetda ushbu hodisa tasvirlangan videoyozuvlar tarqaldi.

"Bo‘ron tinganida butun atrof chang bilan qoplangandi. Shamol soatiga yuz kilometr tezlikda esdi. Ko‘pchilikning mulkiga zarar yetdi", — deb yozadi rolik mualliflaridan biri.

Chang bo‘ronlari yer sathi quruq bo‘lganida va shamol soniyasiga bir necha o‘n metr tezlikda esganida sodir bo‘ladi. Mazkur shamolning balandligi bir necha metrga yetishi mumkin.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid