Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
No photo, no video: «Orel i reshka» ijodkorlariga Toshkentning ayrim joylarida tasvirga olishga ruxsat berishmadi
«Orel i reshka» ko‘rsatuvining Facebook sahifasida «Perezagruzka-3» - Toshkent videoroligidan parchalar joylashtirildi. Ko‘rsatuv lavhalari Samarqand va Toshkent shaharlarida olingan edi.
Avvalroq O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi sayohatchi «oltin» ruxsatnoma bilan Samarqandga jo‘nashini, u yerda dunyoga mashhur ipak gilamlarining tayyorlanish sirlarini kashf qilishini, madrasalarda bo‘lishi hamda lazer tomoshasi uyushtirishini bildirgan edi. Shundan so‘ng, 100 dollari bor sayohatchi yirik Osh markaziga borib, milliy taomdan tatib ko‘rishi, mahalliy oqsoqollar bilan tanishib, ulardan o‘zbek an'analariga doir suhbat qurishi rejalashtirilgan edi.
Afsuski, amaliyotda barchasi ko‘ngildagidek va rejalashtirilganidek chiqmagan ko‘rinadi. Sahifaga qo‘yilgan videolavhadan ko‘rish mumkinki, bog‘lardan birida videotasvirga olish taqiqlangan. Toshkent metropolitenida ham xuddi shunday taqiqqa duch kelishgan.
Qizig‘i shundaki, joriy yil 1 iyunidan Toshkent metropolitenida rasman video, fototasvirga ruxsat berilgan edi. Hozircha, bog‘da nima uchun tasvirga olishni taqiqlashgani ham noma'lum.
Mavzuga oid
16:28
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
18:31 / 09.06.2026