Amerikaning Meredith Corp mediaxoldingi özining Fortune jurnalini 150 mln dollarga sotdi. Tailandlik tadbirkor Çatçaval Jiaravanon uning egasiga aylandi. Özaro kelişuv şu yilning oxiriga qadar amalga oşadi.
Jiaravanon Tailanddagi oziq-ovqat sanoati, çakana savdo, telekommunikatsiya, elektron tijorat, farmakologiya, avtomobilsozlik va moliya sohalarida aktivlarga ega bölgan Charoen Pokphand Group kompaniyasi egasi bölgan oila a'zosidir.
Jiaravanon Fortune jurnalini şaxsiy mablağiga sotib olmoqda. Alan Marrey Fortune prezidenti lavozimini saqlab qoladi, tahririyat xodimlari esa Nyu-Yorkda işlaşni davom ettirişadi.
Jurnalning birinçi soni 1930 yilda çiqqan. Jurnal özining Fortune 500 «40 dan 40 gaça» kabi reytinglari bilan maşhur.
2018 yilda Fortune naşrining davriyligi 2017 yilgi 17ta sondan 12ta songa tuşib ketdi, adadi esa birinçi yarim yillikda 752 202 nusxaga qisqardi.

















