Turkiyaliklar Anqaradagi «Anitbaqir» maqbarasida Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk xotirasini yodga olishdi. Bu haqda Anado‘lu agentligi xabar bermoqda.

Foto: aa.com.tr

Otaturk vafot etgan kunga 80 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan rasmiy tadbirdan so‘ng maqbara yarim tungacha tashrifchilar uchun ochib qo‘yildi.

Foto: aa.com.tr

Havo sovuqligiga qaramasdan ko‘plab turkiyaliklar Turkiya bayrog‘i va Otaturk portretlari hamda gullar bilan bilan Turkiya Respublikasi asoschisining xotirasini yodga olish uchun kelishdi.

Foto: aa.com.tr

Odamlar Otaturk maqbarasi va Mustaqillik uchun kurash muzeyi oldida ulkan navbat hosil qilishdi.

Foto: aa.com.tr

«Anitbaqir» maqbarasi tashrifchilariga Mustafo Kamol Otaturkning yozib olingan ovozlari qo‘yib berildi.

Mustafo Kamol Otaturk
Foto: Anado‘li

1938 yilning 10 noyabrida Turkiya Respublikasi asoschisi vafot etgandi. O‘shandan buyon har yili 10 noyabr kuni soat 09:05da (u vafoti etgan daqiqa) bir daqiqalik sukut e'lon qilinadi.