Korrupsiya bo‘yicha bir umrga qamalgan xitoylik prokuror yana 100 kishini “sotdi”
Xitoyda korrupsiya ishi bo‘yicha bir umrga qamalgan bosh prokuror Chen Suy uning ishiga aloqador boshqa shaxslarni ham ma'lum qildi, deb xabar berdi South China Morning Post.
Nashr manbasining aytishicha, Chen Syuy tergovchilarga yana 100 kishining nomini ma'lum qilgan. Ularning aksariyatiga nisbatan tergov ishlari boshlab yuborilgan.
U shu yilning 25 oktabrida poraxo‘rlikda aybdor deb topilib bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingandi. Sudning bildirishicha, sobiq bosh prokuror 2000 yildan 2015 yilgacha o‘zi yoki oila a'zolari orqali 74,2 million yuan miqdoridagi (qariyb 11 million dollar) pul va ko‘chmas mulkni pora sifatida olgan.
Chen Suy shu yilning 1 mart kuni hibsga olingandi.
Xitoyda korrupsiyaga qarshi keng miqyosdagi kurash 2013 yil martda Si Tszinpin XXR raisi etib saylanganidan so‘ng boshlandi. U bu yo‘lda “yo‘lbarsga ham, pashshaga ham zarba berishga”, ya'ni har qanday lavozimdagi amaldorni ayab o‘tirmaslikka chaqirdi.
Mavzuga oid
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
19:11 / 23.08.2024
Qozog‘istonda 10 million dollarlik «tushunarsiz boylik» davlatga qaytarildi
09:46 / 23.08.2024
Toshkentda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan mansabdorlar asosan qaysi idoralarda ishlagani aytildi
12:59 / 19.08.2024