Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi 2018 yilning may oyi örtalarida Samarqand şahri «Şodiyona» savdo majmuasining ikkinçi qavatida joylaşgan 46-sonli savdo dökoni oldida röy bergan voqeaga munosabatini bildirdi.
Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yoş yigitlar keksa ayolning ustidan şafqatsizlarça kulgani aks etgan qisqa video tarqalgandi. Unda ikki yigit ayolning ortidan borib, uning boşiga çelak kiygizgani, söng ulardan biri ayolni muşti bilan urganini, zarba natijasida ayol munkib ketib yiqilganini köriş mumkin
«2018 yilning may oyi örtalarida jamoat joyi hisoblangan Samarqand şahar «Şodiyona» savdo majmuasining ikkinçi qavatida joylaşgan 46-sonli savdo dökoni oldida, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan dökon oldidan harakatlanib ketayotgan fuqaro B.X. orqa tomonidan kelişib, boş qismiga çelak kiydirişgaç, Ş.A. uni qöli bilan bir marta urib yiqitgaç, hodisa joyidan qoçib ketişgani aniqlangan.
Uşbu holat, Ş.A.ning tanişi A.M. tomonidan «Samsung» rusumli telefon apparati yordamida video tasvirga olingan va 2018 yil 6 noyabr kuni D.B.tomonidan «Instagram» orqali tarqatilgan», — deyiladi xabarda.
Tergovga qadar tekşiruv harakatlari natijasida, 2018 yil 10 noyabr kuni Ş.A., A.M., D.B. va R.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi «b» va «d» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan, Ş.A. va A. M. uşlangan.
Jinoyat işi yuzasidan hozirda Samarqand şahri böyiça IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergovning borişi ustidan Boş prokuratura tomonidan nazorat örnatilgan.

















