Toşkent şahar hokimiyatida «Toşkent 2025: Özgariş» loyihasi taqdimoti bölib ötdi. Mazkur taqdimotda sözga çiqqan Toşkent şahri hokimi vazifasini bajaruvçi Jahongir Ortiqxöjayev poytaxtning yangiça körinişi, undagi özgarişlar, loyihaning ahamiyati, jalb qilinadigan xorijiy va mahalliy ekspertlar haqida ma'lumot berdi.

Youtube'da köriş

Mover.uz'da köriş

— Mazkur loyiha, eng avvalo, şaharliklar uçun işga tuşirilmoqda, — dedi Jahongir Ortiqxöjayev. — Bu poytaxtni rivojlantirişning uzoq muddatli strategiyasini yaratişdagi birinçi faza. Rivojlantiriş böyiça aniq rejalar hamda ularni amalga oşirişni baholaşning şaffof indikatorlarisiz yaxşi natijalarga erişib bölmaydi, — deya ta'kidladi u.  

Mazkur loyiha ma'muriy islohotlar, iqtisodiy rivojlaniş strategiyasi, şaharsozlik rejalari, uy-joy kommunal xöjaligi, ijtimoiy soha va inklyuziv rivojlaniş hamda ekologiya yönalişlarini öz içiga oladi.

Loyihaning asosiy maqsadi poytaxt iqtisodiyoti raqobatbardoşliligini ta'minlaş, aholi turmuş tarzini yaxşilaş va barqaror rivojlantirişdan iborat. Ma'lumotlarga köra, loyihani amalga oşiriş va rejalaştiriş uçun 2019 yil yakuniga qadar mutaxassislar bilan hisobotlarni tayyorlanadi. Birinçi fazada şu yilning noyabr oyida jamoani şakllantiriş, yakuniy metodologiya, maqsadlarni aniqlab oliş, mavjud ma'lumotlarni yiğiş işlari amalga oşiriladi. Dekabr oyida esa ilk bosqiçdagi ma'lumotlar yiğilib, yöl xaritasi tuziladi. Strategiyaga start beriladi.

2019 yilning sentabr oyiga qadar esa 2025 yilga möljallangan Yagona Strategiya işlab çiqiladi, yöl xaritasi böyiça yakuniy hulosalar, dizayn şuningdek, natijalar örganib çiqiladi. 2019 yilning oktabr oyida esa loyihani amalga oşiriş böyiça davomiy konsultatsiyalar ötkazişni rejalaştirilgan.

Loyiha taşabbuskorlari tomonidan 20 ta oçiq muhokama va seminar taşkil etilişi, ularda Jamoatçilik kengaşi ekspertlari va istovçilar uni amalga oşirişni muhokama qilişlari kutilmoqda.