7 noyabr kuni Tojikiston şimolidagi Xöjand şahrida joylaşgan 3-sonli qat'iy tartibdagi axloq-tuzatiş koloniyasida kötarilgan isyon oqibatida halok bölganlar soni 47 nafarni taşkil etdi, 121 kişi turli darajadagi tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda «Axbor» sayti tergov organlaridagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Oxirgi xabarlarda qurbonlar soni 27 kişi bölgani, şundan 2 kişi huquq-tartibot organlari xodimlari bölgani, yana 100dan ortiq kişi jarohatlangani aytilgandi.

Şifokorlarning aytişiça, öqotar quroldan olingan jarohatlar bilan şifoxonalarga keltirilgan mahbuslarning ham bir qismi jon bergan. 

Söğd viloyati huquq-tartibot organlaridagi manba ma'lumotiga köra, mahbuslar bilan öta şafqatsiz muomalada böladigan nozir Fayzullo Safarov boşqaradigan bu qamoqxonadagi isyonga nozirlarning haddan oşişi sabab bölgan.

Ma'lum qilinişiça, 7 noyabr kuni navbatçi mayor mahbuslardan birini yalonğoç qilib yeçintirib, uni koloniya taşqarisida bir neça soat davomida yomğir ostida turişga majbur qilgan. Bu mahbusning tahqirlanişi mahbuslarning bir otryadi isyon kötarişiga olib kelgan. Piçoqlar, boltalar, toşlar va boşqa metall buyumlar bilan qurollangan mahbuslar nozirlarga hujum qilişgan.

Ikki nafar navbatçidan qattiq qasos olingan: «Mahbuslar nozirlarning barmoqlarini çopib taşlaşgan. Şundan söng, isyonga boşqa mahbuslar otryadlari qöşilgan va koloniya hududining bir qismi mahbuslar nazoratiga ötgan. Bu taxminan 7 noyabr kuni soat 22:30dagi vaziyat. Keyin viloyat böylab favqulodda holat e'lon qilingan, soat 23:00da hududga «Alfa» guruhi va OMON kirib kelgan. Ular isyonni şafqatsizlarça bostirişgan», deyiladi xabarda.

Isyon va uni bostiriş vaqtida 2 nafar nozir öldirilgan, koloniyaning 7 xizmatçisi öqotar quroldan jarohatlangan. 

«Mahbuslar juda köp yöqotişlarga uçradi. Isyonga aloqador bölmagan mahbuslar ham öqqa uçradi», degan manba.

«Axbor» naşri isyon qamoqxonadagi IŞID va «Hizb-ut-Tahrir» a'zolari tomonidan uyuştirilgani haqidagi ma'lumotlarni rad etgan. Manbaning sözlariga köra, qamoqxonada ekstremizm va terrorizmda ayblanib qamalganlar bölgan, ammo ularning soni köp bölmagan.

«Bu yerda asosan qotillik, giyohvandlik va voyaga yetmaganlarni zörlaş jinoyatlarida ayblanib qamalgan mahbuslar saqlanardi. Ular orasida ekstremizmda ayblanganlar ham bölişi mumkin, ammo ularning soni juda kam edi», degan manba.