Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO davlatlari harbiy xarajatlarni oshirdi
NATOga a'zo 11 mamlakat harbiy xarajatlarni YaIMning ikki foizigacha oshirdi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg bildirdi.
Aynan qaysi davlatlar ikki foizlik ko‘rsatkichga yetgani ma'lum qilinmagan.
Oktyabrda Stoltenberg 2014 yilda NATOga a'zo uchta davlatgina YaIMning ikki foizini mudofaa xarajatlari uchun ajratganini ma'lum qilgan va 2018 yilda 29 a'zo davlatdan sakkiztasi mazkur talabni bajarishini aytgandi.
AQSh 2014 yilda imzolangan deklaratsiya shartlarini bajarishni bir necha bor talab qilgandi. Shu yilning iyulida AQSh prezidenti Donald Tramp NATO davlatlaridan mudofaaga YaIMning to‘rt foizini ajratishni talab qildi.
2016 yilda Jane's nashri deklaratsiya imzolanganidan so‘ng oradan ikki yil o‘tgach beshta davlat talabni bajarganini aniqlagandi: AQSh (3,61 foiz), Gretsiya (2,38 foiz), Buyuk Britaniya (2,21 foiz), Estoniya (2,16 foiz) va Polsha (2 foiz).
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:30 / 10.07.2026