«Sberbank» Özbekiston bozoriga qiziqiş bildirmoqda, deya ma'lum qildi «Sberbank» AJ ŞK boşqaruvi raisi Aleksandr Kamalov Forbes Kazakhstan’ga bergan intervyusida.

Aleksandr Kamalov
Foto: Sberbank

Uning sözlariga köra, Qozoğistonda bank hozirgi kunda bozor şaroitida raqobatlaşadigan va eksportga işlay oladigan biznes yönalişlarini qöllab-quvvatlamoqda.

«2014 yilda biz bankda International desk taşkil etdik. Uşbu bölinma servis funksiyalarini körsatiş va kompaniyalarga eksportni rivojlantirişda qöllab-quvvatlov taqdim etiş, şuningdek, yirik transmilliy kompaniyalarga xizmat körsatişga qaratilgan. Qozoğiston va Turkiya, Qozoğiston va Rossiya örtasidagi tovarlar oqimining katta qismi bizning bankimiz orqali ötadi. Xitoyga alohida tarmoq bor», - deydi Kamalov.

«Sberbank» boşqa qöşni mamlakatlar, masalan, Özbekiston bilan bunday hamkorlikni körib çiqadimi, degan savolga Kamalov «bozorga qiziqiş bor» ekanini aytdi:

«Özbekiston bilan olib borilayotgan operatsiyalar hajmi ortib borayotganini, bozorga qiziqiş borligini körib turibmiz, şuning uçun hozirda tölov tizimini sozlaşga e'tibor qaratilgan», - dedi Kamalov.

Uning sözlariga köra, özbek sömining konvertatsiyalanişi plyusga aylandi - bu davlatlararo tölovlarni rivojlantiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi.

Kamalov ta'kidlaşiça, bankning bozorda ösişi bozordagi örtaça körsatkiçdan yuqori, hozirgi ekspertizadan kelib çiqilsa, kompaniya har yili 10 foizga ösişi mumkinligini körmoqda.

«Biroq agar bozor tezroq ösadigan bölsa, unda biz ham ortda qolmaymiz», - dedi Kamalov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Halyk Bank Özbekistonda Tenge Bank’ni oçişi xabar qilingandi.