AQŞ prezidenti Donald Tramp Boltiqböyi davlatlari – Litva, Latviya va Estoniyani 1990-yillar boşida Yugoslaviyaning parçalanişiga olib kelgan uruşni boşlaganlikda ayblagan.  

Le Monde naşrining yozişiça, Tramp Litva prezidenti Dalya Gribauskayte, Latviya prezidenti Raymond Veyonis va Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd bilan aprel boşida uçraşganda şunday xatolikka yöl qöygan. Boltiqböyi davlatlari rahbarlari Tramp ularni nimada ayblayotganini darhol anglaşmagan. Ular AQŞ prezidenti Boltiqböyi davlatlarini Bolqon davlatlari bilan adaştirib qöyganini fahmlaşlariga ma'lum vaqt talab qilingan.    

Naşrning ta'kidlaşiça, Trampning bu xatosi uning rafiqasi Melaniya Yugoslaviyaning bir qismi bölgan Sloveniyadan ekanligini hisobga olsa, yanada ajablanarli tuyuladi.