AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari kechiktirilishi mumkin - Bloomberg
AQSh Kongressi yil oxirigacha Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonunlarni ko‘rib chiqish va qabul qilish uchun ulgurmaydi, sababi qonun chiqaruvchilar boshqa qonunchilik tashabbuslariga e'tibor qaratmoqchi. Bu haqda Bloomberg amerikalik senatorlarga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, kongressmenlar Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonunchilikni respublikachilar tomonidan nazorat qilinuvchi kongress Rossiya hukumatiga yaqin badavlat rossiyaliklarga nisbatan qator «tajovuzkor choralar» qabul qilganidan so‘ng, bir yildan ortiq vaqt davomida ko‘rib chiqdi, deya aniqlik kiritgan agentlik. Bloomberg’ning yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan nisbatan do‘stona munosabatlarni o‘rnatmoqchi bo‘lgan Tramp bu qonunni o‘zi xohlamagan holda imzolagan.
Biroq kongressmenlarda yangi choralarni joriy etish uchun joriy yilda vaqt yetmaydi, deya aytib o‘tdi agentlikka senator Bob Menendes va Jon Kornin.
Materialda aytilishicha, Tramp ma'muriyati Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘plami ustida ishlashga urinmoqda. Ammo Rossiyaga sanksiyalarning ta'siri choralar bir necha bor ortga surilgani sababli kuchsizlanmoqda, deya ta'kidlaydi agentlik. Bu AQSh Moliya vazirligi rossiyalik qator tadbirkorlar hamda davlat kompaniyalari rahbarlariga qarshi aprel oyidagi sanksiyalar eng jiddiysiga aylangani haqida ma'lumot berganiga qaramay kuzatilyapti.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024