8 noyabrda Maltaga qaraşli Sola TS neft tankeri bilan töqnaşib ketgan, Norvegiya harbiy-dengiz kuçlarining Helge Ingstad fregati deyarli töliq suv ostiga ketdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.  

Fregat NATOning Trident Juncture 2018 maşğulotlaridan qaytayotgan bölgan. Töqnaşuvdan keyin fregat sardori uni saqlab qoliş maqsadida sayozlikka ötkazmoqçi bölib sohilga yönaltirgan. Biroq töqnaşuv oqibatida öng korpusidan 10 metrlik yoriq olgan kema çöka boşlagan. Kema sohil yaqinida öng tomoniga yonboşlab, katta qismi suv ostiga ketgan. Qutqaruvçilarning kemani sohilga pölat troslar bilan mahkamlaş va uni buksirlar yordamida muvozanatlaşga barça urinişlari heç qanday natija keltirmagan.    

Oxirgi e'lon qilingan suratlarga köra, hozirda suv ustida fregatning uçi va antennasigina körinib turibdi.

Norvegiya OAVning ma'lum qilişiça, ayni vaqtda hukumat töqnaşuv sabablarini tergov qilmoqda. Jumladan, 650 mln dollar turuvçi, suvda, suv ostida va havodagi nişonlarni kuzatiş va qidirişga möljallangan eng zamonaviy tizimlar bilan jihozlangan jangovar kema nima uçun tankerni payqamagani sababi örganilmoqda.    

Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, tanker jamoasi yaqinlaşib kelayotgan fregatni payqaganda ham kattaligi sababli yönalişini özgartira olmasdi, biroq yuqori manyovrlikka ega fregat töqnaşuvdan osongina qoçib qutilişi mumkin edi.