Şu yilning dekabr oyidan internet tezligi 10 barobarga oşirilişi kutilmoqda, deb yozadi ÖzA.
Ötgan yili prezidentning parlamentga Murojaatnomasida kelgusi yilda internet tezligi 2,5 barobarga oşirilişi haqida aytilgan.
Joriy yilning yanvar oyida ham Şavkat Mirziyoyev dekabr oyidan boşlab Özbekistondagi xalqaro internet kanallarining ötkazuvçanligi 8-10 barobarga oşirilişi lozimligi haqida gapirib ötgan edi.
ÖzA internet tezligining 10 barobar oşirilişi bilan boğliq savol bilan Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligiga murojaat qildi. Vazirlik internet tezligi masalasi bilan “Özbektelekom” AK şuğullanişini bildirdi.
“Özbektelekom” AK mas'ul xodimi Yunus Kamolovning javob berişiça, şu yilning 1 dekabr sanasidan Özbekistonda internet tezligi aynan prezident aytganidek, 10 barobarga oşiriladi. Hozirda texnik işlar yakuniga yetkazilmoqda. Xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan şartnomalarda internet 10 barobarga tezlaşişi qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 29 oktabr kuni «Özbektelekom» kompaniyasining yangi direktori tayinlangandi. Nazirjon Hasanov «Özbektelekom» boş direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçiga aylandi. U kompaniyada bir yil içidagi uçinçi direktor böldi.
Biroq kompaniya rahbariyatidagi özgarişlarga qaramay, Özbekistonda oktabr va noyabr oylarida internet sifati ança yomonlaşdi. Şu bilan birga, hozirgi kunda Facebook va YouTube'ga kiriş bilan boğliq muammolar hamon kuzatilmoqda. Foydalanuvçilarning aksariyati VPN’dan foydalanişga majbur bölyapti.
Joriy yilning sentabr oyi oxirlarida Özbekistonda «Özbektelekom» monopoliyasi çeklanişi haqida xabarlar tarqaldi. Davlat rahbarining tegişli farmoniga köra, Özbekistonda barça provayderlar uçun xalqaro tarmoqlarga bevosita kirişni erkinlaştiriş rejalaştirilmoqda. Prezident Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligiga 2020 yil 1 yanvargaça «barça operatorlarga xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga bevosita ulanişni erkinlaştiriş imkonini beradigan» normativ huquqiy hujjatni tayyorlaş vazifasini topşirdi. Bu «foydalanuvçilarga Internetdan foydalaniş narxini pasaytiriş» imkonini beradi.













