AQSh 2001 yildan beri urushlarga deyarli 6 trillion dollar ajratgani ma'lum qilindi
AQSh oxirgi 20 yil ichida harbiy harakatlar olib borish uchun 5,9 trln dollarga yaqin mablag‘ sarflagan. Bu urushlar oqibatida deyarli yarim million kishi halok bo‘lgan. Bundan Braun universiteti professsori Neta Krauford olib borgan tadqiqot natijalari guvohlik bermoqda.
Universitet saytida joylashtirilgan dokladda ta'kidlanishicha, umumiy summaga Pentagon sarflagan pullardan tashqari, Davlat departamenti tomonidan qilingan xarajatlar, urush faxriylari parvarishiga ajratilgan xarajatlar, urush uchun qarzlar bo‘yicha foizlar, teraktlarning oldini olish va ularga ichki xavfsizlik vazirligi tomonidan javob berishga sarflangan mablag‘lar kiradi.
Kraufordning hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu jangovar harakatlar oqibatida 480 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan, ulardan 244 mingini tinch aholi tashkil qilgan. 10 mlnga yaqin odam yashash joyini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan.
Olimaning fikricha, jangovar harakatlar 2023 yilgacha tugashi hisobga olinsa, xarajatlar umumiy qiymati qarzlar bo‘yicha foizlarsiz kamida 6,7 trln dollarga yetadi.
2018 yil martda Pentagon 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlardan keyin Vashington urushlar olib borishga 1,5 trln dollar sarflagani haqidagi ma'lumotni keltirgandi. Biroq Kraufordning fikricha, bu qiymat xarajatning bir qismi, xolos.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024