O‘zbekiston hukumatining 1 noyabr kungi «Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida»gi qaroriga binoan, 16 noyabr kunidan benzin, dizel yoqilg‘isi, elektr energiyasi, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, issiq suv va issiqlik ta'minoti uchun narxlar oshadi.
Benzin va dizel yoqilg‘isi
Qarorga muvofiq, 2018 yil 16 noyabrdan iste'mol solig‘ini hisobga olgan holda avtobenzin va dizel yoqilg‘isi chakana narxlari quyidagicha belgilangan:
Ai-80 avtobenzinga – 4 000 so‘m/litr;
Ai-91 avtobenzinga – 4 500 so‘m/litr;
dizel yoqilg‘isiga – 4 800 so‘m/litr;
EKO dizel yoqilg‘isiga – 4 900 so‘m/litr.
Elektr energiyasi
Yangi preyskurantga ko‘ra, 16 noyabrdan elektr energiyasining 1 kilovatti 250 so‘mgacha (hozir 228 so‘m 60 tiyin) oshadi. 2019 yilning 1 iyunidan esa yana bir marta — 280 so‘mgacha o‘sadi.

Qayd etish kerakki, bu joriy yil davomida elektr energiyasi uchun narx ikkinchi marta oshishidir. 2018 yilning 1 aprelida ham narx 204,3 so‘mdan 228,6 so‘mga oshgandi.
Tabiiy gaz va suyultirilgan gaz
O‘zbekistonda 16 noyabrdan tabiiy va suyultirilgan gaz ham qimmatlashadi. Unga ko‘ra, aholiga maishiy ehtiyojlar uchun, gaz hisoblagichlar mavjud bo‘lganda tabiiy gazning 1 kubometri 320 so‘m bo‘ladi. 2019 yilning 1 iyunidan esa yana bir marta — 350 so‘mgacha o‘sadi.
Suyultirilgan gaz, aholining maishiy ehtiyojlari uchun 16 noyabrdan 950 so‘mga, 2019 yilning 1 iyunidan esa yana bir marta — 1200 so‘mgacha o‘sadi.

Issiq suv va issiqlik ta'minoti














