BMT Xavfsizlik kengaşi Eritreya davlatidan barça sanksiyalarni oliş rezolyutsiyasini bir ovozdan ma'qulladi.
“Eritreya tomonidan taşlangan qadamlar evaziga erişilgan tinçlik va barqarorlik hamda Eritreya va Jibuti örtasidagi çegaradagi vaziyat böyiça muloqotning tan olinişi belgisi sifatida barça sanksiyalarni bekor qilamiz”, - deb izoh bergan uşbu qarorga BMTning Buyuk Britaniyadagi doimiy vakili Karen Pirs.
2009 yildan boşlab Eritreyaga qarşi iqtisodiy sanksiyalar, 2013 yildan boşlab esa qurol embargosi amal qilgan.
Joriy yil sentabrida Eritreya prezidenti Isayyas Afeverki va Efiopiya boş vaziri Abiy Ahmad Ali 20 yil davomida uruş holatida bölgan davlatlari örtasida tinçlik sulhini imzolaşdi. Uruş yakunlangani haqida iyulda – Eritreya poytaxti Asmerda ikki davlat yetakçilarining tarixiy uçraşuvi bölib ötganda e'lon qilingan.
Ikki davlat örtasida hududiy bahslar negizida çiqqan harbiy ixtilof 1998 yilda boşlangan, jangovar harakatlar oqibatida 80 mingga yaqin kişi halok bölgan.
2000 dekabrda ikki davlat örtasida tinçlik sulhi imzolangan, biroq ikki yildan keyin Efiopiya BMTning çegara böyiça komissiya qarorini tan olişdan boş tortgan va ixtilof 20 yilga yaqin davom etgan.
Joriy yil 26 iyunda Addis-Abebeda yangi muzokaralar boşlangan va uning natijalariga köra Efiopiya ikki davlat örtasidagi umumiy çegaralarning qurolsizlantirilişi va delimitatsiyasi böyiça qarorni bajarişga rozi bölgan.

















