Joriy yilning 13 noyabr kuni «Malika»​ savdo majmuasida Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi tomonidan ötkazilgan nazorat tadbirida 13 nafar fuqaro tadbirkor sifatida davlat röyxatidan ötmasdan, çet elda işlab çiqarilgan va Özbekistonga yaşirin yöllar orqali olib kirilib, heç qanday hujjatlarsiz maişiy texnika savdosi bilan şuğullanayotganligi aniqlangan. Bu haqda Davlat soliq qömitasi Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi Kun.uz'ga xabar bergan. 

«​Uşbu fuqarolar iste'molçilar huquqlarini qöpol ravişda buzib, sifat sertifikatiga ega bölmagan tovarlar savdosi hamda soğlom raqobat muhitiga salbiy ta'sir körsatgan holda, davlat byudjyeti oldida majburiyatlarni bajarmay, umuman soliqlarni tölamagan», - deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinişiça, nazorat tadbiri davomida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan noqonuniy ravişda savdoga qöyilgan umumiy qiymati qariyb 308 million söm qiymatga ega 66 ta maişiy texnika vositalari, 7,8 ming dona uyali aloqa apparatlari va ularning aksessuarlari Özbekiston Respublikasining «Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi»​ning 176-moddasiga asosan masala qonuniy hal bölguniga qadar vaqtinçalik olib qöyildi.

Davlat soliq qömitasining ta'kidlaşiça, «belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötgan va qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning savdo bilan şuğullanişi uçun heç qanday tösqinlikka yöl qöyilmasligi»​ ta'minlanadi.