Qirğiziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov 14 noyabr kuni Qirğizistonda bölib ötgan Turkiy tilli davlatlar maxsus xizmatlari konferensiyasining 21-yiğilişi iştirokçilarini qabul qildi.

Foto: Qirğiziston prezidenti matbuot xizmati

Davlat rahbari bilan uçraşuvda Ozarboyjon Davlat xavfsizlik xizmati boşliği Madat Guliyev, Ozarboyjon Taşqi razvedka xizmati boşliği Orxan Sultonov, Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev, Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi raisi örinbosari Nurgali Bilisbekov, Qozoğiston Taşqi razvedka xizmati direktori Isatay Sirtayev, Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi Idris Qodirqulov, şuningdek, Qirğiziston Xavfsizlik kengaşi kotibi Damir Saginboyev va Qirğiziston Respublikasi prezidenti devoni taşqi siyosat bölimi mudiri Doniyor Sidiqov iştirok etdi.

Foto: Qirğiziston prezidenti matbuot xizmati
Foto: Qirğiziston prezidenti matbuot xizmati

«Biz qardoş va yaqin xalqlarmiz hamda maxsus xizmatlar rahbarlarining har yillik uçraşişi böyiça 20 yillik an'anani saqlab qolib, sizlar özaro hamkorlikni mustahkamlayotganingiz va rivojlantirayotganingiz, tajribangiz bilan almaşayotganingiz hamda keng kölamli milliy, mintaqaviy va global muammolarni muhokama qilayotganingizdan mamnunmiz», - dedi Sooronbay Jeenbekov. Uning ta'kidlaşiça, uşbu konferensiya butun mintaqa uçun muhim voqeadir.

Uning qayd etişiça, mintaqa davlat rahbarlari, birinçi navbatda, qardoş xalqlarning xavfsizligini ta'minlaşga qaratilgan, maxsus xizmatlarning yaqin va samarali hamkorligiga alohida e'tibor qaratmoqda.

Foto: Qirğiziston prezidenti matbuot xizmati