Nightwatch Cybersecurity kompaniyasi mutaxassislari Android qurilmalardagi xavfli kamçilik haqida xabar berişdi. Taşkilot veb-saytidagi xabarga köra, xakerlar uni işlatgan holda foydalanuvçilarning harakatini kuzatişi mumkin bölgan.

Xakerlar Wi-Fi marşrutizatori orqali kamçilikdan foydalanişlari mumkin. Signal yetib boruvçi barça qurilmalar köriş zonasiga kiradi.

CVE-2018-9581 deb nomlangan kamçilik RSSI tizimida aniqlangan. U qabul qilinuvçi signal darajasini aniqlaydi. Bundan taşqari, RSSI uşbu ma'lumotni boşqa dasturlarga yuboradi.

Kamçilik tufayli boşqa ilovalar qabul qilinuvçi signal töğrisida barça ma'lumotni olişi va foydalanuvçi marşrutizatorga nisbatan qayerda joylaşganligini aniqlaşi mumkin.

Mutaxassislar sözlariga köra, bu kamçilik Android operatsion tizimining barça versiyalarida mavjud. 

Eslatib ötamiz, avvalroq bankomatlardan pul öğirlaydigan juda kuçli vosita foş etilgandi.