WikiLeaks asosçisi Julian Assanjga ayblovlar qöyildi, deb yozmoqda The Washington Post.

Xabar qilinişiça, AQŞ Adliya vazirligi Assanjga nisbatan ayblovlar töğrisidagi ma'lumotni oşkor etişni rejalaştirmagan, biroq prokuror yordamçisi buni özi bilmagan holda amalga oşirgan. U xizmat hujjatlaridan birida Assanjga qarşi ilgari surilgan ayblovlarni WikiLeaks asosçisi hibsga olinmagunga qadar saqlaş lozimligini bildirgan.

Ta'kidlanişiça, Assanjga qöyilgan ayblovlar Rossiyaning 2016 yilgi Amerika saylovlariga aralaşuvi böyiça işda muhim örinni egallaşi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Adliya vazirligi WikiLeaks sayti asosçisi Julian Assanjga ayblov qöyişga tayyorlanayotgani va uni AQŞda sud qilişni möljallayotgani xabar berilgandi.