Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğistonga taşrifi davomida Qönğirot tumanidagi oilaviy poliklinikani borib kördi.

«Qönğirot» fuqarolar yiğinidagi  23-oilaviy poliklinika joriy yilda rekonstruksiya qilingan, zamonaviy diagnostika va davolaş uskunalari örnatilgan.

Bu poliklinika «Qönğirot», «Şumanay», «Qangli» ovul fuqarolar yiğinlarida yaşaydigan 12 ming aholiga xizmat körsatadi. Oliy ma'lumotli şifokorlar bir kunda 100 kişiga xizmat körsatadi.

Poliklinika tarkibida beş örinli statsionar va tez tibbiy yordam şoxobçasi taşkil etilgan. Ayollar maslahatxonasi, ösmir-qizlar xonasi, ijtimoiy dorixona, fitobar oçilgan.

Prezident aholi salomatligini mustahkamlaş borasidagi işlar izçil davom ettirilişini, ayniqsa, xotin-qizlar va bolalar soğligi uçun barça şaroit yaratilişini ta'kidlagan.

«Butun mamlakatimizda bölgani kabi Qoraqalpoğistonda ham aholi salomatligini muhofaza qiliş, tibbiy xizmatni yaxşilaş borasida qator işlar amalga oşirildi. Xususan, 2017-2018 yillarda investitsiya dasturi doirasida 36 obektda 84 milliard sömlikdan ziyod işlar bajarilib, ular 2,8 million AQŞ dollari qiymatidagi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.