Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga turistik maqsadda qancha xorijlik kelgani ma'lum bo‘ldi
2018 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga 4,6 million xorijiy fuqaro kirib keldi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.
Ularning 327,2 ming nafari safar maqsadi sifatida turizmni ko‘rsatgan - 52,4 foizi erkaklar va 47,6 foizi ayollar. Ularning yarmidan ko‘pi (50,8%) 31-55 yoshdagi kishilardir.
Shu tariqa, O‘zbekistonga kirib kelgan barcha xorijlik fuqarolarning 7 foizi safar maqsadi sifatida sayyohlikni ko‘rsatgan. Ko‘pchilik (72%) mamlakatga qarindoshlarini ko‘rish maqsadida tashrif buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston uchinchi mamlakatlar fuqarolari uchun yagona viza joriy etishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Ikki tomonlama ahdlashuv asosida uchinchi mamlakatlar uchun O‘zbekiston va Qozog‘istonning yagona kirish vizasini joriy etish, keyinchalik boshqa mamlakatlarni ishtirok etish uchun taklif qilish masalasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:25 / 14.07.2026
O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni ko‘payishi mumkin
10:45 / 10.07.2026
O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari ma’lum bo‘ldi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
11:05 / 29.06.2026