Armaniston boş vaziri vazifasini bajaruvçi Nikol Paşinyan Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko va Qozoğiston yetakçisi Nursulton Nazarboyevdan ularning KXŞT boş kotibi böyiça bayonotlariga izoh talab qiliş niyatida ekanini bildirdi.

Paşinyan Belarus rahbaridan nega norozi ekani ham ma'lum böldi. Qayd etilişiça, u taşkilot a'zosi hisoblanmagan Ozarboyjon bilan harbiy taşkilot sammitini muhokama qilgan. Bu 12 noyabr kuni, Lukaşenko Ozarboyjonning Minskdagi elçisi Latif Gandilov bilan uçraşganida sodir bölgan, deb xabar tarqatdi EADaily.

Uçraşuvda Belarus yetakçisi KXŞT boş kotibi lavozimiga bir neçta nomzodlar borligini bildirdi. Şu bilan birga, u Armaniston vakilining taşkilot rahbari bölişi kerakligiga şubha bilan qaragan. Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev ayni fikrni qöllab-quvvatlamoqda, bu ham Paşinyanga yoqmayapti.

«Bu, masalan, KXŞTga a'zo bölmagan biron bir mamlakatning xorijdagi elçisini çaqirib, unga yopiq eşiklar şaklida ötkazilgan uçraşuv haqida gapirib berişga öxşaydi», - deya uning sözlarini keltiradi TASS. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Aleksandr Lukaşenko Belarus KXŞTda Armanistondan keyin alifbo tartibi böyiça navbatdagi mamlakat hisoblanişi, Minsk bu lavozimga kimnidir taklif qilişga tayyor turişi kerakligi haqida aytgandi.