Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mudofaa to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri ishlab chiqildi
O‘zbekistonning «Mudofaa to‘g‘risida»gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi 15 noyabr kuni jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi. U O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan tayyorlangan.
Loyiha bilan O‘zbekistonning harbiy-texnikaviy sohasidagi xalqaro hamkorligini kiritish taklif etilmoqda.
Hujjatga ko‘ra, u O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini eng yangi namunadagi qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnika bilan ta'minlash zaruriyatiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
mustaqillik, suverenitet, hududiy yaxlitlik va konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish;
davlatning harbiy xavfsizligini ta'minlash;
xalqaro va mintaqaviy hamkorlik, Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash;
davlat harbiy tashkilotini doimiy rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasini qurolli himoyasiga tayyor turishda uni qo‘llab-quvvatlash.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
18:34 / 25.05.2026
Turkiya O‘zbekistonga Qurolli kuchlarni isloh qilishda ko‘maklashadi
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026