Janubiy Botken viloyati prokurori Anarbay Mamajakipov yakshanbaga o‘tar kechasi o‘ldirilgan, deb xabar berdi RIA Novosti respublika IIV matbuot xizmati vakili Karima Amanqulovaga tayanib.

Anarbay Mamajakipov
Foto: prokuror.kg

"Ushbu holat yuzasidan respublika Jinoyat kodeksining "qotillik" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumondor qo‘lga olingan,  u bilan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda", — deb ma'lum qildi Amanqulova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat sababi va tafsilotlari haqida gapirishga hali erta.

Mamajakipov may oyida Botken viloyati prokurori etib tayinlangandi, unga qadar Talas shahri prokurori vazifasini bajargan.