Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Vasil Xudak boşçiligidagi YeIB delegatsiyasi 19-21 noyabr kunlari Toşkentda bölib ötadigan Birinçi Xalqaro turizm investitsion forumida iştirok etadi.
U bu haqda Özbekistonning Yevropa Ittifoqidagi elçisi Dilyor Hakimov bilan uçraşuv çoğida ma'lum qildi, deb xabar berdi Özbekiston TIV matbuot xizmati.
“Uçraşuvda Özbekiston-Evropa moliyaviy hamkorligi böyiça oldinda turgan çora-tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, tomonlar Hadli kelişuvni (Vaşington, 2017 yil oktabr) amalga oşiriş davomida YeIBning Özbekistondagi istiqbolli loyihalarni işlab çiqiş hamda 2018 yil 5 oktabrda Parijda imzolangan 200 million yevro mablağ ajratiş töğrisidagi bitimni amalga oşirişning hozirgi holati töğrisida fikr almaşdilar”, deyiladi xabarda.
EIB delegatsiyasining bölajak investitsiya forumidagi iştiroki mavzuiga töxtalar ekan, tomonlar sayyohlik u bilan boğliq barça infratuzilmani (transport, ijtimoiy soha, xizmatlar va h.k.) rivojlantirişga töğridan-töğri va juda muhim iqtisodiy ta'sir körsatişini va natijada uni har qanday mamlakat iqtisodiyotining yuqori daromadli sohasiga aylantirişini tasdiqladilar.
Vasil Xudak uşbu forum işida uning bevosita rahbarligidagi vakolatli delegatsiya qatnaşişini tasdiqladi.
Xabarda aytilişiça, uçraşuv davomida YeIB Özbekiston bilan hamkorlikni kengaytirişga işonç bilan qaraşi qayd etildi. Xususan, yaqin vaqt içida aniq loyihalarni amalga oşiriş uçun hujjatlarni işlab çiqiş jarayoni davom etadi. Bu işda boşqa xalqaro moliya institutlari va köp tomonlama hamkorlar ham iştirok etişi kutilmoqda.
Uçraşuvda şuningdek, EIB boşqaruvçi maslahatçisi Umberto del Panta, Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça kredit operatsiyalari bölimi boşliği Lionel Rapael iştirok etdi.

















