Yevropa investitsiya banki (YeIB) «​Jizzax»​ erkin iqtisodiy zonasida qurilişi davom etayotgan Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive zavodiga 60 million yevro sarmoya kiritişni ma’lum qildi. 

Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi Axborot xizmatining xabar qilişiça, 20-22 may kunlari Özbekistonga taşrif buyurgan Vazil Xudak boşçiligida YeIB delegatsiyasi va  «Özavtosanoat» vakillari örtasida, Özbekistondagi avtosanoat sohasini rivojlantiriş uçun, PSA Peugeot Citroën bilan amalga oşirilayotgan loyiha sarmoyalaştirilişi böyiça kelişuv imzolangan.

Vazil Xudak /Foto: Uzdaily

Ma’lum qilinişiça, YeIB  umumiy investitsiyasi qariyb 130 mln. yevroga teng deb qayd etilgan loyihaga 60 million yevro sarmoya kiritişni rejalaştirmoqda. 

Qurilişi rejalaştirilayotgan qöşma korxonada yiliga 16 000 ta avtomobil işlab çiqarilişi nazarda tutilgan.​