2019 yil 24 sentabr kuni Senatda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi Alişer Kurmanovning Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Vasil Xudak boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga köra, unda Özbekistonning Yevropa investitsiya banki bilan ikki tomonlama hamkorligining istiqbolli yönalişlari xususida fikr almaşildi. Xususan, issiqlik bilan ta'minlaş, qattiq maişiy çiqindilarni boşqariş, gidroenergetika sohasini rivojlantiriş sohasidagi loyihalarni moliyalaştiriş masalalari ham muhokama etildi.
Özbekistonning Yevropa investitsiya banki bilan hamkorligi Özbekiston Respublikasi va Yevropa investitsiya banki (YeIB) örtasidagi Hadli bitimga muvofiq amalga oşirilişi qayd etildi. YeIB davlat infratuzilmasi, energetika va energiya samaradorligi, mamlakatda kiçik va örta biznesni rivojlantiriş kabi sohalarda davlat va xususiy sektorlarning loyihalarini qöllab-quvvatlaydi. Xususan, ta'kidlanganidek, delegatsiyaning Özbekistonga taşrifi doirasida Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi va Yevropa investitsiya banki örtasida Orolböyi hududni barqaror ekologik rivojlantiriş töğrisida anglaşuv memorandumi imzolandi.
Bank Markaziy Osiyo mamlakatlarida Iqlim özgarişi böyiça harakatlar va atrof muhitni himoya qiliş mexanizmi doirasida loyihalarni moliyalaştiradi. Bu mexanizm Yevropa Ittifoqida qayta tiklanuvçi energiya manbalari va energiya samaradorligi sohasidagi loyihalarni, issiqxona gazlari çiqarişni kamaytiriş loyihalarini va energiya ta'minoti xavfsizligini oşiriş loyihalarini qöllab-quvvatlaydi.
Özbekiston Respublikasi YeIB bilan hamkorlik qilayotgan Markaziy Osiyodagi törtta davlatdan biri hisoblanadi. YeIB bilan hamkorlik qiliş davrida suv ta'minoti va energiya samaradorligi sohasiga 200 mln. yevro miqdorida mablağ ajratiş töğrisida ikkita moliyaviy bitim imzolangan (2018 yil oktabr, Parij şahri).
Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar senatorlar va mutaxassislar iştirokida moliyalaştiriş va Özbekiston hududlariga ilğor texnologiyalarni jalb qiliş masalalari muhokamasiga bağişlangan qöşma tadbir ötkazişga kelişib oldilar.

















