08:28 / 19.11.2018
10557

Millatlar ligasi. Shveytsariya Belgiya darvozasiga beshta gol urib, pley-offga chiqdi va boshqa natijalar

Foto: Getty Images

Millatlar ligasida dastlabki bosqich nihoyasiga yetib bormoqda.

«A» ligasining 2-guruhida Shveytsariya asosiy raqibi Belgiyani qabul qilib, 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. Vaholanki, o‘yinda dastlabki gollar mehmonlar tomonidan urilgan, Torgan Azar dubl qayd etib Belgiyani ikkita to‘p farqi bilan hisobda oldinda borishini ta'minlagan edi. Ammo Shveytsariya birinchi bo‘limning o‘zidayoq 0:2 hisobini 3:2 ko‘rinishiga keltira oldi, ikkinchi bo‘limda yana ikki marta Tibo Kurtua darvozasi ishg‘ol etildi. Mezbonlar hujumchisi Haris Seferovis o‘z het-trigi bilan g‘alabaga katta ulush qo‘shdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Shveytsariya ochkolar hisobi bo‘yicha Belgiyaga yetib olish bilan birga to‘plar nisbatiga ko‘ra undan o‘zib ham ketdi va liga pley-offiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Belgiya termasi «A» ligasidagi o‘rnini saqlab qolgan bo‘lsa, 4 uchrashuvda birorta ham ochko to‘play olmagan Islandiya quyi ligaga yo‘l oladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar «A» ligasining uchinchi va to‘rtinchi guruhlarida g‘oliblar aniqlangan, unga ko‘ra Portugaliya va Angliya terma jamoalari yarim finalga yo‘l olgani ma'lum bo‘lgandi. Bugun va ertaga bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlardan so‘ng dastlabki bosqichga to‘la yakun yasaladi. 

Millatlar ligasi
Shveytsariya – Belgiya 5:2 (3:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 2 Azar, 0:2 – 17 Azar, 1:2 – 26, penalti Rodriges, 2:2 – 31 Seferovich, 3:2 – 44 Seferovich, 4:2 – 62 Elvedi, 5:2 – 84 Seferovich.
Shveytsariya – Zommer, Elvedi, Mbabu, Kloze, Rodriges, Tsuber (Benito, 87), Jaka, Froyler (Zakariya, 79), Fernandesh, Shakiri, Seferovich (Ayyeti, 90).
Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Kompani, Boyata, Mene (Origi, 90), Shadli (Batshuayi, 65), Vittsel, Azar, Tilemans, Azar, Mertens.

Angliya – Xorvatiya 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 57 Kramarich, 1:1 – 78 Lingard, 2:1 – 85 Keyn.
Angliya – Pikford, Stounz, Gomes, Chiluell, Delf (Lingard, 73), Barkli (Alli, 63), Dayyer, Sterling, Uoker, Reshford (Sancho, 73), Keyn.
Xorvatiya – Kalinich, Lovren, Yedvay, Vrsalko (Milich, 26), Vida, Vlashich (Rog, 79), Brozovich, Perishich, Modrich, Rebich (Brekalo, 46), Kramarich.

Moldova – Lyuksemburg 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 58, penalti Gynsar, 1:1 – 70 Bensi.
 
Shimoliy Irlandiya – Avstriya 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 49 Shlager, 1:1 – 57 Evans, 1:2 – 90 Lazaro.

San-Marino – Belarus 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 8 Dragun, 0:2 – 53 Saroka.

Vengriya – Finlyandiya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 29 Salai, 2:0 – 37 Nad.

Gretsiya – Estoniya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 44, avtogol Lambropulos.

Top