AQŞning Jorjiya ştati, Rinkon şahrida yaşovçi er-xotin içi töla pul bölgan sumkani topib oldi va uni egasiga qaytarib berişdi. Bu haqda WSB-TV xabar qilmoqda.
Jyeff va Mişel Grin tomonidan topib olingan inkassatorlik sumkasida taxminan 25 ming dollar bölgan. Er-xotin topilmani politsiyaga qaytarib berdi.
Bu paytga kelib politsiya sumka yöqolib qolgani haqida bilib bölgandi. Avvalroq dökon egasi Gautambxay Patel içida pullar bölgan sumkani yöqotib qöygani haqida xabar bergan. Politsiya suriştiruv işlarini boşladi, biroq vijdonli fuqarolar pulni topişi va qaytarib berişiga umid qilişgan.
Rinkon politsiyasi departamenti Grin va Gautambxayning uçraşuvi paytida olingan fotosuratni Facebook’da e'lon qildi hamda qonun va vijdon topib olingan pullarni egasiga qaytariş kerakligini talab qilişi haqida eslatdi.

















