Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Renault bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi
Fransiya iqtisodiyot vaziri Bryuno Le Merning ma'lum qilishicha, u Renault direktorlar kengashidan Yaponiyada moliyaviy nayranglarda ayblanib hibsga olingan Renault-Nissan-Mitsubishi alyansi rahbari Karlos Gonni almashtirish uchun nomzod topish haqida so‘raydi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar bermoqda.
Le Merning qayd etishicha, vaqtinchalik rahbarlik «imkon qadar tezroq» joriy etilishi kerakdir.
Avvalroq, Gon Yaponiyada hibsga olinganligi haqida xabar berilgan edi. Ta'kidlanishicha, u moliyaviy nayranglarda gumon qilinmoqda: Gonning tovon puli miqdori 2016 yilda qariyb 1,1 mln iyena yoki taxminan 9,7 mln dollarni tashkil etgan. 2017 yilda u umumiy miqdorda 33 foizga kamroq daromad topganini xabar bergan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Nissan moliyaviy nayranglar sababli o‘z rahbarini ishdan haydashi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026