2018 yilning 19 noyabr kuni Bern şahrida Özbekiston-Şveytsariya siyosiy maslahatlaşuvlarining beşinçi raundi bölib ötdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Özbekiston Respublikasi delegatsiyasiga taşqi işlar vaziri örinbosari Dilşod Axatov, Şveytsariya Konfederatsiyasi delegatsiyasiga Federal taşqi işlar departamenti davlat kotibi örinbosari Kristina Marti Lang boşçilik qildi.

Muzokaralarda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik holati va uni faollaştirişning istiqbolli yönalişlari muhokama qilindi.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2019 yilda Şveytsariyaga taşrifini taşkillaştiriş va uni muvaffaqiyatli ötkazişdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Suhbat çoğida savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliya sohalarida hamkorlikni çuqurlaştirişga alohida e'tibor qaratildi. Özaro savdoda tovar va xizmatlar turlarini kengaytiriş, qöşma investitsiya loyihalarini işlab çiqiş, ikki davlat biznes vakillarini hamkorlikka keng jalb etişga tomonlar tayyor ekanligi ta'kidlandi. Şu örinda kelgusi yilning birinçi yarmida Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyaning 8-majlisini ötkaziş böyiça takliflar körib çiqildi.

Uçraşuvda mintaqaviy va xalqaro muammolarning muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almaşilgan.

Şu kunning özida Şveytsariya Federal majlisi Milliy kengaşining (parlament) xalqaro parlamentlararo aloqalar xizmati rahbari Klaudiya Fişer, Federal moliya departamenti davlat kotibi Yorg Gasser va Şveytsariya taşqi siyosat idorasining suv masalalari böyiça yangi tayinlangan maxsus elçisi Gay Bonvin bilan muzokaralar ötkazildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev 2019 yilda Kanadaga borişi xabar berilgandi.