Qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan shaxsga 22 mln so‘mlik jarima tayinlandi
2018 yilning 8 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tuman sudining sayyor ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Sudlanuvchi Q.G.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi (fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish)ga asosan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Ma'lum bo‘lishicha, sudlanuvchi Q.G. muttasil ravishda ijaraga turgan joyini fuqarolarga ma'lum haq evaziga foydalanishga bergan. Ya'ni, bu joyda ularning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan. IIB xodimlarining tezkor tadbiri natijasida aniqlanishicha, bunday “xizmat” uchun soatiga 50.000 so‘m miqdorida pul olgan. Shuningdek, sudlanuvchi ijaraga turgan joyini hech qanday shartnomasiz foydalangan. Bir necha guvohlar va sudlanuvchining o‘zi tomonidan aybiga iqrorligi natijasida sud tomonidan hukm chiqarilgan.
Sud Q.G.ga qo‘yilgan ayblovlar isbotlangan deb topdi va eng kam oylik ish haqining 120 baravari miqdorda, ya'ni 22 116 000 so‘m jarima jazosi tayinladi.
Mavzuga oid
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
07:50 / 31.10.2024
Yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangan yuk mashinasi haydovchilari jarimaga tortiladi
11:00 / 04.10.2024
195 km/soat tezlikda avtomobil boshqargan Jahongir Otajonov jarimaga tortildi
07:20 / 20.09.2024