Jahon | 01:00 / 21.11.2018
7537
2 daqiqa o‘qiladi

Sooronbay Jeenbekov Qirg‘izistonning siyosiy elitasi nimaga amal qilishi kerakligini aytdi 

“Qirg‘izistonning siyosiy elitasi bir-birini hurmat qilishni, boshqalar fikriga quloq tutishni o‘rganishi lozim. Ular o‘zaro hamkorlik qila olsalar, mamlakatda tinchlik, birdamlik va rivojlanish o‘rnatiladi”, deb aytgan Sooronbay Jeenbekov Jogorku Keneshning sobiq spikerlari va sobiq bosh vazirlar bilan uchrashuvda.
     
Uning aytishicha, uchrashuvdan asosiy maqsad yagona maydonda mamlakatni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdan iboratdir. 

Qirg‘iziston prezidentining ta'kidlashicha, kelgusida tashqi va ichki siyosatda ko‘plab sinovlar kutilmoqda.  

“Siz mamlakat uchun hal qiluvchi vaqtlarda muhim qarorlarni qabul qilishda ishtirok etgansiz. Siyosiy voqealar markazida bo‘lgansiz. Ko‘plab sohalarda boy tajribaga egasiz. Bu boy zaxira talab etilmay qolishi kerakmas”, deb ta'kidlab o‘tgan Jeenbekov.

“Elita mamlakatni rivojlantirish bo‘yicha bir fikrga kelgan davlat har doim muvaffaqiyatlarga erishgan. Ular bahslashishgan, bir-birlarini tanqid qilishgan. Biroq ish asosiy yo‘nalishga kelganda, ular yagona fikrga kelganlar. Hozir Qirg‘izistonda davlatning barcha ijtimoiy-siyosiy kuchlari ishtirokida hal qilish lozim bo‘lgan ko‘plab masalalar va muammolar mavjud. Men siz bu birlashtiruvchi kuchga aylana olishingizga ishonaman”, deb ta'kidlab o‘tgan Qirg‘iziston prezidenti.  

Jeenbekov fuqarolik jamiyati, siyosiy kuchlar va davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi hamkorlikni ilgari surishi va muloqotni qo‘llab-quvvatlashi, ma'nosiz mojarolarsiz tanqidni eshitishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.  

Mavzuga oid