Jahon | 12:41 / 22.11.2018
22410
1 daqiqa o‘qiladi

Gvatemalada sobiq harbiy 5000 yilga qamaldi

Foto: AP

Gvatemaladagi sud sobiq harbiy Santos Lopes Alonsoni 171 kishini o‘ldirishda ishtirok etgani uchun 5000 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Bu muddat 30 yil oldin sodir etilgan jinoyat uchun tayinlangan.

Sud qaroriga ko‘ra, Alonso 1982 yilda 171 kishining o‘ldirilgani uchun mas'uldir hamda har bir qurbon uchun 30 yillik muddatga ozodlikdan mahrum etiladi (5130 yil). Yana 30 yil unga boshqa bir epizod - voyaga yetmagan shaxsni o‘g‘irlab ketgani va o‘ldirgani uchun qo‘shildi.

Xabar qilinishicha, bu shaxs mamlakatdagi fuqarolik urushi va Dos-Erres qishlog‘idagi xunrezlikda qatnashgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid