21 noyabr kuni janubiy koreyalik Kim Jong Yang Interpolning yangi rahbari etib saylandi. U Interpol rahbarligi uçun asosiy nomzod sifatida qaralgan, taşkilot vitse-prezidenti, rossiyalik general Aleksandr Prokopçukni ortda qoldirdi. Unga xalqaro taşkilotning boş assambleyasida ötkazilgan saylovda 98 a'zo ovoz berdi.

A'zolari soni böyiça BMTdan keyin ikkinçi örinda turuvçi uşbu taşkilotga qaçon va qayerda asos solingan, vazifalari nimalardan iborat?

Interpol — Xalqaro jinoyat politsiyasi taşkilotining qisqartirilgan nomi bölib, uning asosiy vazifasi umumiy jinoyatlarga qarşi kuraşda taşkilotga a'zo mamlakatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarining sa'y-harakatlarini birlaştirişdir.  

Taşkil etilişi tarixi

1889 yilda Xalqaro jinoyat huquqi ittifoqining ta'sis majlisi ötkaziladi. Unda iştirok etgan davlatlar «xalqaro jinoyatçilik» paydo bölganini qayd etişadi va turli davlatlar politsiyasini birgalikda harakat qilişga çaqirişadi. Muntazam faoliyat körsatadigan, milliy va xalqaro darajadagi tuzilma taşkil etiş böyiça takliflar bildiriladi.

1905 yilda Germaniyaning Hamburg şahrida Xalqaro jinoyat politsiyasi ittifoqining yiğilişi bölib ötadi. Unda davlatlarga huquqni muhofaza qiliş organlarida xalqaro jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça maxsus tuzilma taşkil etiş haqidagi murojaatnoma tasdiqlanadi.

1914 yilda Monako knyazligida knyaz Alber I’ning faol iştirokida 14 davlat politsiyaçilari qatnaşgan jinoyat politsiyasining I xalqaro kongressi bölib ötadi. Kongressda xalqaro jinoyat politsiyasi komissiyasini tuziş taşabbusi ma'qullanadi, ammo Birinçi jahon uruşi bu rejaning amalga oşişiga xalaqit beradi.

1923 yilda Venada, jinoyat politsiyasining II xalqaro kongressida umumiy jinoyatçilikka qarşi kuraşişda ayrim mamlakatlar sa'y-harakatlarini birlaştiriş uçun Xalqaro jinoyat politsiyasi komissiyasi taşkil etiladi. Komissiya öz faoliyatini Ikkinçi jahon uruşi yillarida ham davom ettiradi. Ustav böyiça Komissiya raisi avvaliga Avstriya, 1938 yildan esa Germaniyadan böladi, Interpol boş qarorgohi Berlinga köçiriladi. Taşkilotga SS generallari Reynxard Geydrix (1940–1942), Artur Nebe (1942–1943) va Ernst Kaltenbrunner (1943–1945) prezidentlik qiladi. Natijada aksariyat mamlakatlar undagi iştiroklarini töxtatadi va Interpol xalqaro taşkilot sifatida mavjudligini