Xitoy hukumati tomonidan uşlangani aytilayotgan Interpol prezidenti Men Xunvey xalqaro taşkilot rahbari lavozimidan ketdi. 

“Bugun 7 oktabrda Interpolning Liondagi boş kotibiyati janob Men Xunveyning Interpol prezidenti sifatida öz vakolatlarini zimmasidan soqit qiliş haqidagi iltimosnomani oldi”, deyilgan xabarda.

Unda taşkilot qoidalariga köra, Interpol prezidenti lavozimini katta vitse-prezident Kim Çon Yan egallaşi körsatilgan.

Interpolning yangi rahbari saylovlari taşkilot boş assambleyasining BAAda 18-21 noyabrda ötadigan sessiyasi doirasida bölib ötadi.