Moskva şahar Dumasi deputatlari xorijiy fuqarolar uçun mehnat patenti qiymatini özgartiruvçi, «Jismoniy şaxslarning mulkiga solinadigan soliq töğrisida»gi qonunni tuzatişlar bilan qabul qildilar. Bunda patent narxi 4,5 mingdan 5 ming rublgaça oşadi (68,2 dollardan 75,8 dollargaça). Bu haqda TASS xabar bermoqda.
«Migrantlar uçun patent 4,5 ming rubl edi. Biz patentni bir marta oşirganmiz, endi yana oşiramiz, bu, birinçi navbatda, bizga tegişli ta'limga ega bölgan, şahrimizda işlaş imkoniyatiga ega mehnat migrantlari kelişi kerakligi bilan boğliq. Boşqa tomondan, bu orqali byudjyetni töldiramiz va mablağlarni ijtimoiy ehtiyojlarga, jumladan, mehnat migrantlariga şahrimizda yaxşiroq şaroit yaratiş uçun yönaltiramiz», - dedi Moskva şahar Dumasining iqtisodiy siyosat va moliya böyiça komissiyasi raisi Lyudmila Guseva.
Uning aniqlik kiritişiça, tegişli özgartişlar 2019 yilning 1 yanvaridan kuçga kiradi.
Avvalroq, Moskva meri Sergey Sobyanin şahar noqonuniy mehnat migratsiyasi muammosi deyarli hal etilgani va poytaxt aholisi uçun endi taşviş manbasiga aylanmasligi haqida xabar bergan. Qayd etilişiça, migrantlarning aksariyati qonuniy ravişda işlaydi va muntazam ravişda soliq tölaydi - yiliga 12-14 milliard rubl.
Keyinçalik, u Moskva byudjyetining migrantlarga patent berişdan oladigan daromadlari 2018 yilda 14 foizga - 16 milliard rublgaça oşişi mumkinligini ma'lum qildi.
Eslatib ötamiz, bundan avval Rossiyada vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsatnomalar beriş qisqarişi xabar qilingandi.












