Buyuk Britaniyadagi Saraton tadqiqotlari instituti olimlarining aniqlaşiça, ozuqa qöşimçasi sifatida işlatiladigan mannoza şakari turli xildagi saraton kasalliklaridan aziyat çekuvçi siçqonlarda salbiy ösimtalar ösişini sekinlaştirişi va kimyo terapiyasidan effektni kuçaytirişi mumkin. Bu haqda EurekAlert!’dagi matbuot uçun xabarnomada xabar berilgan.

Tadqiqot davomida mannoza içimlik suvi tarkibiga qöşilgan yoki oşqozon osti bezi, teri yoxud öpka saratoni bilan oğrigan kemiruvçilarga oğiz orqali berilgan. Ma'lum bölişiça, şakar ösimta ösişini sekinlaştiradi hamda boşqa asoratlarga olib kelmaydi. Tajribaning keyingi qismida şişga ega hayvonlar tsisplatin va doksorubitsin - tez-tez qöllaniluvçi ikkita kimyo terapiyasi preparati bilan davolandi. Natijaning körsatişiça, şakar nafaqat ösimtalar hajmini qisqartiradi, balki ba'zi siçqonlar hayot davomiyligini ham oşiradi.
Glyukoza saraton töqimalari ösişi uçun zarur, ammo mannoza uglevodlarning salbiy hujayralarga borib tuşişini tösib qöyişi mumkin. Şu bilan birga, u oddiy töqimalarda glyukoza qabul qiliş qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Şuningdek, mannozaning ta'siri turli saraton turlari, jumladan, leykemiya, osteosarkoma, tuxumdon va içak saratonidagi hujayralarda sinovdan ötkazildi. Ba'zi hujayralar şakarga reaksiya körsatdi, ba'zilari esa bölinib, ösişda davom etdi. Olimlarning sözlariga köra, ular nega mannoza tanlov asosida ta'sir qilişi, şuningdek, insonda saraton kasalligini davolaşda samarali bölişi yoki bölmasligini aniqlaşni rejalaştirmoqdalar.
Eslatib ötamiz, avvalroq juda xavfli saraton bilan kuraşda aspirinning yangi foydasi aniqlangandi.












