Lids universiteti olimlarining körsatişiça, aspirin, şuningdek, eykozapentayen kislota (EPA) içak saratoni xavfi yuqori bölgan bemorlarda saratondan avvalgi poliplar sonini kamaytiradi. Bu haqda MedicalXpress’dagi matbuot uçun xabarnomada ma'lum qilindi.

Tadqiqotda Angliyaning 53ta şifoxonasida davolanayotgan 700dan ortiq bemor qatnaşdi, ularda kolonoskopiya jarayonida içak saratoni rivojlaniş xavfi aniqlandi. Barça köngillilar davolaniş turiga qarab tört guruhga bölindi. Yil davomida har kuni iştirokçilar yoki 300 milligramm aspirin, yoki ikki gramm EPA, yoxud aspirin va EPA birikmasi yoki platseboni qabul qilişgan.

Tadqiqot oxirida aspirin qabul qilgan köngillilarda poliplar umumiy soni 22 foizga, EPA’dagilarda töqqiz foizga kamaydi. Biroq, ular va platsebo guruhi örtasidagi farq statistik jihatdan ahamiyatli emas edi. Ammo, ikkinçi guruhda içakning çap qismida poliplar soni 25 foizga qisqardi.

Içak saratoni xavfli ösimtalarning eng köp ölim holatiga olib keluvçi turidir. Milliy tekşiruv dasturiga qaramay, 2014 yilda Angliya va Uelsda uşbu kasallikdan 16 ming kişi vafot etdi.