MDH mamlakatlari Xavfsizlik kengaşlari kotiblari Moskvada biologik xavfsizlikka yangi tahdidlarni muhokama qilişdi. Bu haqda TASS Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengaşiga asosan xabar tarqatdi.
«Terrorçilik faoliyatini moliyalaştiriş, jumladan, jinoiy yöl bilan olingan daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş böyiça birgalikdagi işlarning yönalişlari muhokama qilindi, - deyiladi xabarda. - Şuningdek, MDH makonida biologik xavfsizlikka yangi tahdidlar, ular haqida ogohlantiriş va birgalikda javob beriş masalalari uçraşuv mavzusiga aylandi».
Xavfsizlik kengaşlari kotiblari Afğonistondagi vaziyatni, bu mamlakatda faoliyat körsatayotgan xalqaro terrorçilik taşkilotlari MDHga a'zo davlatlar manfaatlariga tahdidlar hamda çaqiriqlarni muhokama qilişdi. Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning boşqa dolzarb masalalari ham tilga olindi.
«Yalpi yiğiliş va ikki tomonlama uçraşuvlar davomida konstruktiv fikr almaşildi hamda kun tartibidagi muhokama qilingan barça masalalar böyiça pozitsiyalarning öxşaşligi tasdiqlandi», - deya ta'kidlab ötişgan RF Xavfsizlik kengaşidan.
Muhokamalarda Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov ham iştirok etgan.

















