Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Kosovo Serbiyaga savdo urushi e'lon qildi
Foto: Aleksandr Ryumin/TASS
Kosovo Interpolga kirish bo‘yicha muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng, Serbiyaga qarshi savdo urushini boshladi. Bu haqda Bloomberg agentligi yozmoqda.
Serbiyadan 2008 yilda o‘z mustaqilligini e'lon qilgan Kosovo xalqaro hamjamiyatda davlat sifatida tan olishlariga intilmoqda. 2013 yildan beri Serbiya va Kosovo o‘rtasida Yevropa ittifoqiga kirish istagi tufayli o‘zaro munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda, deya ta'kidlanadi materialda.
Biroq, bu hafta munosabatlar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi, sababi Serbiya Kosovoning Interpoldagi a'zolik uchun so‘rovini bloklash uchun boshqa davlatlardan foydalandi. Shu bilan birga, ovoz berish yakunlangach va natijalari e'lon qilingach, serbiyalik delegatlar o‘z quvonchlarini yashirishmadi, shuningdek, buni o‘zlarining «eng katta g‘alabalardan biri», deb atashdi.
Kosovo bosh vaziri o‘rinbosari Anvar Xo‘jay bunga Serbiyadan importga 100 foizlik bojlar joriy etilishi bilan javob berdi va qo‘shimcha choralar ko‘rishga va'da qildi, deb yozadi agentlik. Ta'kidlanishicha, Serbiya hukumati aksilchoralarni rejalashtirmayapti, biroq bojlar joriy etilishi savdo urushini e'lon qilish, deb hisoblaydilar, deyiladi materialda.
Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchichning fikricha, Kosovo shu tariqa bosim o‘tkazishga urinmoqda, u serblarning «so‘zsiz kapitulyatsiyasi»ga erishish va o‘z mustaqilligi tan olinishini xohlayapti. Serbiya Kosovoning eng yirik eksportchisi sanaladi, Germaniya esa ikkinchi o‘rinda, deya qo‘shimcha qilmoqda agentlik. Kosovo bosh vaziri Ramush Xaradinayning bildirishicha, yangi bojlar Kosovo tan olinmaguncha bekor qilinmaydi.
Mavzuga oid
15:39 / 12.01.2026
Polsha O‘zbekistonda savdo nuqtalari ochishni rejalashtirmoqda
10:23 / 10.01.2026
YeI–Janubiy Amerika: erkin savdo kelishuvi bo‘yicha qaror qabul qilindi
12:01 / 29.12.2025
Vuchich Serbiyada 2026 yilda muddatidan oldin saylov o‘tkazishga va’da berdi
10:11 / 29.12.2025