Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining “Xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yig‘imlarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Nizomga ko‘ra, xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari deganda, xorijiy davlatlarning ro‘yxatga olish idoralarida ro‘yxatda turgan, yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan, to‘la vazni 3,5 tonnagacha bo‘lgan, old, yon va orqa oynalaridan biri yoki bir nechtasining (tomidagi lyuk oynasi bundan mustasno) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) avtotransport vositalari tushuniladi.
Xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetiga tushadigan 15 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik kirgan yoki tranzit harakatlanishida bo‘lgan chet el rasmiy delegatsiyalarining oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalariga tatbiq etilmaydi.
Xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari haydovchilaridan yig‘imlarni undirish milliy valyuta “so‘m”da O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan naqd pul shaklida, bevosita bojxona postlarida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi chegara bojxona postlari:
O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirish va tranzit harakatlanish uchun chegara bojxona postidan o‘tayotgan xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarini aniqlaydi;
ushbu avtotransport vositalarining haydovchilarini majburiy yig‘imlarni to‘lashi uchun chegara bojxona postidagi bank kassalariga yo‘naltiradi.
Chegara bojxona postlaridagi bank kassalari:
xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari haydovchilaridan majburiy yig‘imlarni qabul qiladi;















