Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik 3 bokschi bir kechada ringga chiqadi. Isroil Madrimov debyutdayoq kamar uchun jang qiladi
24 noyabr kuni AQShning Atlantik-Siti shahridagi «Hard Rock Hotel & Casino» arenasida professional boks kechasi o‘tkaziladi.
Toshkent vaqti bilan 25 noyabr kuni soat 07:00dan boshlab o‘zbekistonlik 3 nafar bokschi ringga ko‘tariladi.
Olimpiada va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyev (4-0, 3 KO) amerikalik Isak Zaratega (16-3-3,)qarshi jangi o‘tkazadi. Professional ringdagi beshinchi jangida u 10 raundlik jangda WBA Inter-Continental Super Bantamweight Title chempionlik kamarini himoya qiladi.

Rio-Olimpiadasining kumush medali sohibi, havaskor boksda jahon chempioni bo‘lgan Shahram G‘iyosov (5-0, 4 KO) esa shu kuni meksikalik Migel Zamudio bilan jang qiladi. 27 yoshli Zamudio professional boksda 53ta jang o‘tkazishga ulgurgan. Janglarning 41tasida g‘alaba qozongan (25tasi nokaut evaziga). 11ta jangda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan (9ta nokaut). Yana bitta jangda esa durangga erishgan.
Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Isroil Madrimov esa bu kecha debyut qiladi. U professional boksdagi debyutidayoq kuchli raqibga qarshi 10 raundlik jang uchun ringga chiqadi.
Uning raqibi meksikalik Vladimir Ernandes (10-2, 6KO) bo‘ladi. Ernandes 12ta jang o‘tkazib, shularning 10tasida g‘alaba qozongan. Oltita jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Ikki bor o‘zi mag‘lub bo‘lgan.

Birinchi o‘rta vazn toifasidagi (- 69 kg) Madrimovning murabbiyi Vadim Kornilov u ilk jangdayoq titul uchun ringga chiqmoqda. O‘rtaga WBA Intercontinental kamari tikilgan. Agar u jangda g‘alaba qozonsa, professional ringdagi beshta jangdan keyinoq o‘z vazn toifasida jahon chempionligi uchun ringga chiqishi mumkin bo‘ladi.
Qayd etish kerakki, uch o‘zbekistonlik bokschi ham Rossiyaning «Mir Boksa» promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolashgan. Ushbu boks oqshomi Rossiyaning Match TV telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi.
Ayni vaqtda bokschilarning havaskor boksdagi murabbiylari To‘lqin Qilichev va Rahmatjon Ro‘zioxunov ham AQShga borib, shogirdlariga jangga tayyorlanishda yordam berishmoqda.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026