Samarqandda Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisi Suhrob Xolmurodov mamlakatga taşrif buyurgan “Rosnano” AJ boş direktori Anatoliy Çubays bilan uçraşdi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.

“Rosnano” 2011 yilda “Rossiya nanotexnologiyalar korporatsiyasi” negizida taşkil etilgan bölib, mamlakatda nanotexnologiyalar sohasida davlat siyosatini amalga oşiradi. Zamonaviy mahsulot va xizmatlar işlab çiqariş böyiça yuqori texnologik loyihalarni hayotga tatbiq etişga sarmoya kiritadi. Jamiyatning investitsiyalaş siyosati asosan elektrotexnika, optoelektronika va telekommunikatsiyalar, soğliqni saqlaş va biotexnologiya, metallurgiya, maşinasozlik, energetika, quriliş va sanoat mahsulotlari işlab çiqariş, kimyo va neft-kimyo sohalariga yönaltirilgan. 

Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining 37 hududida “Rosnano” sarmoyasi asosida taşkil etilgan ilmiy-tadqiqot markazlari va 95 korxona faoliyat körsatmoqda. Jamiyatning aksiyalari töliq davlat tasarrufida. Keyingi tört yilda kompaniya töla foyda bilan işlamoqda. 

Uçraşuvda mamlakatda nanotexnologiyalardan foydalaniş sohasida olib borilayotgan işlar haqida ma'lumot berildi. Mazkur yönalişda “Rosnano” bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar bu borada özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.