2020 yil sarhisobi böyiça Scopus ma'lumotlar bazasi bir qator jurnallarni öz tarkibidan çiqarib yuborgan. Sababi, bu jurnallar Scopus talablarini bajara olmagan.

Olimning ta'kidlaşiça, eng açinarlisi, öşa jurnallarda eng köp özbek olimlari tomonidan maqolalar naşrga berilgan. Buning oldini oliş uçun olimlarimizga yaxşi ilmiy jurnallar tanlay olişni örgatişimiz kerak.

– Bundan taşqari, oliy ta'lim tizimidagi ba'zi talablarni olib taşlaş kerak. Hozir şunday tendensiya ketyaptiki, qisqa muddatda tezlikda maqola çiqartiriş talabi qöyilyapti, bu notöğri talab. Çunki öz nufuziga ega jurnalga maqolani ötkazişga kamida 3 oy vaqt ketadi. Tezlikda maqola çiqariş ilmiy jarayonni östirmaydi. Mamlakat ilmi uçun bu dahşatli belgini hamma tuşunişi kerak, – deya qayd etdi Matematika instituti direktor örinbosari.

Yaxşi jurnal qanday farqlanadi?

Şuningdek, Ğolibjon Botirov yoş olimlarga yaxşi ilmiy jurnallarni qanday farqlaş kerakligi borasida qöşimça ma'lumot berib ötdi.

– Olimlarimiz köpinça yaxşi jurnallarni ajrata olişmaydi. Buni qanday farqlaş kerak? Ilmiy jurnallarning ayrimlarida maqola çiqartiriş uçun majburiy tölov undiriladi; ba'zisida maqola çiqqandan söng maqola dostupi oçiq bölsa, pul tölanadi, yopiq bölsa, yöq.Yana bir tur jurnallar borki, unda maqola çop ettirilsa, muallifga qalam haqi tölanadi. Yoşlar bilan uçraşganimizda köp ta'kidlaymiz, iloji boriça bepul jurnallarni topiş kerak.

Oliy ta'limda ilmiy jurnallar borasida ijobiy özgarişlar ham qilinyapti. Masalan, 41 ta jurnal uçun alohida platforma yaratildi, – dedi Matematika instituti direktor örinbosari.